date
views 238

Haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslik tavsiya qilindi

Haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslik tavsiya qilindi
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslikni tavsiya qildi.

Ma’lum qilinishicha, 26—27 may kunlari Toshkent shahrida keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi hamda ayrim ko‘chalarda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari davom etayotganligi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Zarurat bo‘lmaganda haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslik tavsiya qilindi. Ma’lum ko‘chalarda transport vositalarining harakatini cheklash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilgan vaqtda haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo‘l belgilari hamda chiziqlarning talablariga qat’iy rioya etishlari so‘raldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslik tavsiya qilindi