Kerol Daunes bankdagi xazinachilik vazifasini tashlab, endigina ta’sis etilgan Dyurantning avtomobil kompaniyasiga, keyinchalik «General motor's»ga aylangan kompaniyaga ishga o‘tdi. Olti oy ishlagach, yuqoriga ko‘tarilish uchun imkoniyatlar borligini chamalash payti yetdi, degan qarorga keldi...
U Dyurantga maktub yozib, quyidagi savollarga javob berishni so‘radi: «Daunes kompaniyaning manfaati uchun nimalar qilishi mumkin?» «Bu ishda asosiy afzalliklar hamda kamchiliklar nimadan iborat?» Nihoyat unda shunday savol ham bor edi: «Hozirgiga qaraganda mening malakamga doir yana qanday yuksak holatlar borki, unga muvofiq mavqeni egallay olsam?..»
Dyurant Daunesning ochiqdan-ochiq surbetligiga lol qoldi, uning yaqqol namoyish qilingan savollariga shunday javob yozdi: «Shu fursatdan e’tiboran siz mashina va jihozlar yig‘ishning yangi sexiga nazoratchi vazifasiga tayinlanasiz, bunda mansabdan ko‘tarilish hamda ish haqini oshirish istisno etiladi».
Shu bilan birga Dyurant Daunesga bir olam «ko‘k qog‘ozlar»ni ko‘rsatdi, unda mashinalarni o‘rnatish lozimligi qayd etilgan edi. «Mana, rioya qilishingiz lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar. Ko‘ramiz, ularni qay darajada uddalar ekansiz?»
Daunes «ko‘k qog‘ozlar»ni oldi va maxsus muhandislik tayyorgarligisiz ularni, hatto o‘qiy olmasligini ham darhol tushunib yetdi. Ana shu yerda u o‘zining peshqadamlik qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Katta bo‘lakni tishlashga majbur etishganini e’tirof etish uchun bu ishni kim eplay olishi mumkinligini ham topdi.
U texnika yo‘nalishidagi firmalardan birining mutaxassislarini yolladi. Ular asbob-uskunalar o‘rnatish bilan shug‘ullanardilar. Daunes bu mutaxassislarga o‘zining cho‘ntagidan pul to‘ladi. Dyurant amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot berish va bir haftalik ish jadvalini olib borganida, yo‘li ma’muriyat kabinetlari yonidan o‘tardi. U eshiklardan birida «Kerol Daunes. Bosh boshqaruvchi» degan peshlavhani ko‘rib, hushidan ketib qolayozdi.
Dyurant unga mansabiga shu darajada nom qo‘shgan bo‘lsa-da, oyligi ham kam emas va u shunga arziydi, dedi. Shu bilan birga qo‘shimcha qildi: «Men sizga «ko‘k qog‘ozlar»ni berganimda, bularni o‘qiy olmasligingizni bilardim. Lekin bu vaziyatdan qanday chiqib ketishingizni bir ko‘rmoqchi edim. Siz namoyon etgan epchillik shuni ko‘rsatdiki, yaxshi rahbar bo‘lish xislatlaringiz mavjud ekan. Agar bajarmagan ishlaringizga bahona ko‘tarib kelganingizda, sizni shu zahoti ishdan haydagan bo‘lardim».
Daunes multimillioner bo‘lish uchun ishni davom ettirdi. Men uni oxirgi marta ko‘rganimda ancha keksaygan, ammo faoliyatini davom ettirayotgan edi.
(Napoleon Xill kitobidan)
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar