“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 iyuldan 2026 yil 1 iyulgacha huquqiy eksperiment tariqasida Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi.
Huquqiy eksperiment doirasida:
- Adliya vazirligi huzurida Oliy apellyatsiya kengashi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashi tashkil qilinadi;
- apellyatsiya kengashlari ma’muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi ma’muriy hujjatlarini sudgacha ko‘rib chiqish natijasida ushbu hujjatlarni o‘zgartirish, qisman yoki to‘liq bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, bundan qonunchilikka muvofiq faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki o‘zgartiriladigan hujjatlar mustasno;
- ma’muriy organlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi ma’muriy hujjatlarini apellyatsiya kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish manfaatdor shaxslarning shikoyatlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni monitoring qilish natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi;
- apellyatsiya kengashlarining qarorlari E-qaror elektron tizimida e’lon qilib boriladi, shuningdek, ma’muriy shikoyat bo‘yicha ma’muriy ish yurituvi ishtirokchilariga belgilangan tartibda ma’lum qilinadi va ma’muriy organlar tomonidan ularning bajarilishi majburiy hisoblanadi;
- apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaxs tomonidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin, ma’muriy organlar uchun mazkur qarorlar qat’iy hisoblanadi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar