21:39 / 27.05.2024
325

Samarqandda to‘rt farzandning onasi bo‘lgan 26 yoshli ayol o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Samarqandda to‘rt farzandning onasi bo‘lgan 26 yoshli ayol o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi
Foto: Samarqand IIB
O‘zini balandlikdan tashlamoqchi bo‘lgan ayol qutqarib qolindi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 27 may kuni soat 16:00 lar atrofida Samarqand shahridagi Siyob kanali ko‘prigida 1998 yilda tug‘ilgan, 4 nafar farzandning onasi o‘zini pastga tashlamoqchi bo‘lgan.

Hodisaga rashk sabab bo‘lgan. IIB xodimlari tomonidan ayol bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlaridan so‘ng u niyatidan qaytgan va patrul-post xizmati hamda FVB xodimlari tomonidan qutqarib olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda to‘rt farzandning onasi bo‘lgan 26 yoshli ayol o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi