Foto: Sparklogic.ru
Uchi yuqoriga qayrilgan qadimgi poyabzallar Yaqin Sharqdan Mo‘g‘ulistongacha bo‘lgan mamlakatlar aholisi tomonidan keng foydalanilgan. Bunday turdagi oyoq kiyim o‘ta noqulay bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo bu yanglish fikr. Aslida mazkur poyabzallar bir nechta muhim vazifani bajargan va insonlarga qulaylik bergan.
Diniy maqsadlarda foydalanilgan
Tarixchilar nazariyasiga ko‘ra, qadimda “mojari”, “jutti” deb nomlangan mazkur poyabzallar bizga Hindistondan kirib kelgan. Xuddi shu vaqtda uchi yuqoriga qarab ketgan poyabzallar Mongoliya, Buryatiya va Qalmoq xalqlarida ham paydo bo‘lgan. XVII asrning boshlarida ular qabul qilgan milliy dini buddaviylik edi. Buddaviylarning oyoqlari yerdagi o‘tlarga tegmasligi lozim bo‘lgan. Ular ba’zida hasharotlar va kemiruvchilarni qo‘rqitish uchun oyoq kiyimlar uchiga qo‘ng‘iroq osib qo‘yishgan.
Foto: “Qariya Xottabich” filmidan lavha
Chavandozlar uchun muhim bo‘lgan
Foto: Wday
Mo‘g‘uliston va Baykal ko‘lining sharqiy qismida joylashgan ovchilar aholisi orasida mazkur poyabzallar mashhur bo‘lgan. Uchli va poshnali oyoq kiyimlar otning uzangisini mahkam ushlash uchun yordam bergan. Bunday poyabzal favqulodda vaziyatda otdan tez sakrab tushish uchun ham qulay edi.
Sahrodagi qumdan qutqargan
Foto: Shutterstock
Uchli oyoq kiyim bizga Hindistondan kelgan degan nazariyaga qaramay, ba’zi tarixchilar aynan Misr davlatini uning haqiqiy vatani deb atashadi. Chunki ular oyoq kiyim ichiga qum tushishidan himoyalangan. Shuningdek, O‘rta Osiyoda bunday modeldagi poyabzal gilam ustida yurganda qoqilib tushmaslikka yordam bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar