
Kadr: Telegram
Toshkent shahri Yashnobod tumanida uchta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 25 may kuni soat 23:55 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida Lacetti, Mercedes va Onix ishtirokida YTH yuz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga Mercedes’ning qayrilish mumkin bo‘lmagan joydan qayrilgani va yana bir mashina juda katta tezlikda kelayotgani sabab bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar