17:37 / 29.05.2024
203

O‘zbekistonda majburiy avtosug‘urta tariflari oshishi mumkin

O‘zbekistonda majburiy avtosug‘urta tariflari oshishi mumkin
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistonda majburiy avtosug‘urta tariflari qayta ko‘rib chiqilishini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta tovonlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgani hamda to‘lanishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdor avtotransportga yetkazilgan zararlarni qoplashga yetarli bo‘lmayotgani bo‘yicha transport vositalari egalarining murojaatlari soni ortib bormoqda.

Tahlillarga asosan 2019 yilda tasdiqlangan 56 ming so‘mlik sug‘urta mukofoti miqdori sug‘urta tashkilotlari uchun zararlarni qoplashga yetarli bo‘lmagani sababli turli xil yo‘llar bilan to‘lovlar kechiktirib kelinmoqda. Xususan, 2023 yilda Toshkent shahrida zararlilik darajasi 146 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, 2019 yildan boshlab barqaror belgilangan 40 million so‘m sug‘urta summasi YTHlarda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlar bo‘yicha xarajatlarini yetarli darajada qoplashga imkon bermay qoldi.

Jahon bankining statistikasiga asosan, O‘zbekistonda iste’mol narxi indeksi oxirgi 5 yil davomida 160 foizga oshgan, bundan tashqari, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori o‘sishi 265 foizni tashkil etgan, bazaviy hisoblash miqdori esa 168 foiz o‘sish dinamikasini ko‘rsatgan.

Shu bilan bir qatorda, O‘zbekistonda belgilangan sug‘urta puli va sug‘urta mukofoti hozirda yaqin qo‘shni davlatlar hamda chet el davlatlari bilan solishtirganda eng kam ko‘rsatkichni tashkil etadi.

Mazkur muammoning yechimi sifatida asosli hisob-kitoblar natijasida, ya’ni transport vositalari egalari va sug‘urta tashkilotlari uchun maqbul sug‘urta tariflari va sug‘urta summasini belgilash rejalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarida.

Agentlik yangi sug‘urta tariflari va sug‘urta summasini belgilash yuzasidan taklif va mulohazalarini Napp connect bot Telegram-botiga yuborishni so‘radi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda majburiy avtosug‘urta tariflari oshishi mumkin