
Foto: “Kabar.kg”
Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Aqsi va Olabuqa viloyatlari orqali O‘zbekistonga narkotik moddalar olib kirish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, maxsus operatsiya shu yilning qishidan boshlab o‘tkazilgan. Uning doirasida bir fuqaro Qirg‘izistondan O‘zbekistonga narkotik moddalarni o‘ta katta miqdorda olib o‘tish uchun kanal tashkil qilgani aniqlangan. Tergov ishlari davom ettirilib, tezkor xodimlar jinoiy hamjamiyatda “Japay” (“Yovvoyi”) nomi bilan tanilgan 1978 yilda tug‘ilgan shaxsni qo‘lga olgan.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida 16 kilogramm gashish giyohvandlik moddasi musodara qilingan.
Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar