
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 25.02.2019 yildagi buyrug‘iga asosan qarzdor fuqaro M.P. undiruvchi N.P. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor M.P. shu kunga qadar aliment pullarini kam miqdorda to‘lab kelganligi oqibatida qarzdorlik 6.409.505 so‘mga yetgan.
Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan mablag‘i yo‘qligini bahona qilib kelgan.
Shundan so‘ng, davlat ijrochisi qarzdor M.P. nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka doir ish hujjatlarini to‘plab, sudga taqdim qilgan.
Sud zalida ma’muriy qamoq jazosi haqida yetarlicha tushunchalarga endigina ega bo‘lgan qarzdor 6.409.505 so‘m naqd pulni juda tez va osongina topa qoldi ham.
Shu yo‘sinda voyaga yetmagan farzandlarining bir necha oylar davomida to‘lanmasdan kelinayotgan aliment pullari to‘liq undirib berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar