13:30 / 02.06.2024
112

O‘zbekistonda zaytun plantatsiyalari tashkil etiladi

O‘zbekistonda zaytun plantatsiyalari tashkil etiladi
Foto: Klau.Club
Yaqin kelajakda O‘zbekiston zaytunni sanoat miqyosida yetishtiruvchi va zaytun moyi ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga qo‘shilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “Xalq so‘zi”.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston mutaxassislari mahalliy sharoitga moslashtirilgan 100 ming tupdan ortiq zaytun ko‘chatlarini tayyorladi. Bu nav Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan mevali va manzarali daraxtlarni mikroklonal ko‘paytirish laboratoriyasida yaratilgan.

Bu issiqsevar ekin, asosan, nam sohilbo‘yi mikroiqlimga ega mamlakatlarda yetishtiriladi. Biroq, bir necha yil avval ispan seleksionerlari 22 darajagacha sovuqqa chidamli bo‘lgan 'orbikina' nomli zaytun daraxti navini yaratdi. Bu mamlakatimiz fermerlariga ushbu tajribadan foydalanib Farg‘ona vodiysi va Surxondaryo viloyatining bir qancha hududlarida zaytun plantatsiyalarini yaratish imkonini berdi”, — deydi laboratoriya rahbari Ilyos Haydarov.

Uning bildirishicha, 1 gektarga 800 ga yaqin ko‘chatlar ekiladi, uch yildan so‘ng deyarli bir tonna hosil terib, 300 litr yog‘ olish mumkin. Amaldagi dasturga ko‘ra, O‘zbekistonda 500 gektardan ortiq maydonda zaytun yetishtirish rejalashtirilgan.

Mutaxassislarning fikricha, zaytun qattiq sovuqqa bardosh bermasligini hisobga olmaganda O‘zbekiston uchun ideal hosildor daraxtdir. U tuproq va uning namlik darajasiga talabchan emas, toshloq va sho‘r yerlarda ham o‘sadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda zaytun plantatsiyalari tashkil etiladi