Kadr: Telegram
Jizzax viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 avtomobil yo‘lida to‘rtta yuk tashuvchi transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB Yo‘l harkati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan MAN yuk mashinasida yo‘lning dovon qismida tushish-chiqish vaqtida nosozlik vujudga kelgan. U yo‘lning o‘ng chekka qismida to‘xtab turgan boshqa bir yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng MAN harakatni davom ettirib, oldinda ketayotgan transport vositalarini tashishga mo‘ljallangan avtotreylerga urilgan.
Ikkala transport vositasi ham rul boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. MAN yuk mashinasi esa harakatni davom ettirishi oqibatida yana bir to‘xtab turgan yuk tashuvchi mashinasi bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida yuk mashinalarining haydovchi va yo‘lovchilariga tan jarohati yetmagan, biroq transport vositalariga jiddiy shikast yetgan. M-39 avtomobil yo‘lining 1011—1013-kilometrida sun’iy tirbandlik hosil bo‘lgan, hozirda YPX xodimlaridan tirbandliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda UzAutoMotors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni olib ketayotgan avtovoz avariyaga uchragan edi. 2022 yilda esa Farg‘onada Damas’lar ortilgan MAN yuk mashinasiga boshqa MAN kelib urilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari