
Ma’lum qilinishicha, Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son “Davolash” fakulteti 5-bosqich talabasi, 1999 yilda tug‘ilgan U.T. talabalarning ishonchiga kirib, ularni universitetdagi tanishlari orqali yakuniy test imtihonlaridan o‘tkazib berishni va’da qilgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida U.T. ushbu oliygohda tahsil oluvchi mahalliy fuqarodan 4 ta fanning yakuniy test imtihonlaridan o‘tkazib berish uchun 2 000 dollar talab qilib, shundan 1 500 dollarni olayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Tezkor surishtiruv jarayonlarida, U.T. fuqarodan olgan 2 000 dollarning 700 dollarini o‘zida olib qolib, qolgan 1 300 dollarini jinoiy sherigi Bobur ismli shaxsga berishni rejalashtirgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar