120
83 yoshli fuqarodan nevarasi YTHga uchraganini aytib, 3 ming dollar olib ketgan shaxs ushlandi
Buxoro viloyatida yashovchi 83 yoshli D.N. ariza bilan murojaat qilib, 3000 AQSH dollari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi ayol S.S. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan ayol S.S., jabrlanuvchi D.N.ga qo‘ng‘iroq qilib, uning nevarasi yo‘l-transport hodisasiga uchraganligi va zudlik bilan pul kerakligini aytib uni aldab, yashash uyiga kelib 3000 AQSH dollar pullarini olib ketganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan S.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi