Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol 13 iyun kuni rafiqasi bilan birga O‘zbekistonga keldi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning ma’lum qilishicha, qisqa suhbatdan so‘ng Janubiy Koreya prezidenti turmush o‘rtog‘i hamrohligida o‘zlari uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan kelgan Yun Sok Yol O‘zbekistonda 13—15 iyun kunlari bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston—Koreya do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi qo‘shma dasturlar muhokama qilinadi.
Shuningdek, mintaqaviy, shu jumladan, “Markaziy Osiyo—Koreya Respublikasi” formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.
Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov
Sammit yakunlari bo‘yicha bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi. Prezident Yun Sok Yol O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyuradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar