18:08 / 13.06.2024
78

Xorijdan ish va’da qilgan firibgarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi

Xorijdan ish va’da qilgan firibgarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi
Navoiy va Samarqand qiloyatlarida xorijga ishga jo‘natishni va’da qilib, fuqarolardan pul ta’ma qilgan shaxslar ushlandi.

Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro R.K. fuqaro L.K. ni 19 000 AQSH dollari evaziga Turkiya va Meksika orqali AQSHga olib o‘tib, ishga joylashtirishini aytib, oldindan 6 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro U.E. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Turkiya orqali Shvetsiyaga ishga yuborishini va’da qilib, jami 14 300 AQSH dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan JKning 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Migratsiya agentligi fuqarolardan xorijga ishga jo‘natish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanishi va shu bois bu borada davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hamda litsenziyasi bo‘lgan XBAlarga murojaat qilish zarurligini eslatmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijdan ish va’da qilgan firibgarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi