Nig‘matilla Yo‘ldoshev 21 iyun kuni ikkinchi muddatga O‘zbekiston bosh prokurori lavozimiga tasdiqlandi.
Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida bosh prokuror lavozimiga nomzod ko‘rib chiqildi va senatorlar qarshilarsiz, betaraflarsiz Nig‘matilla Yo‘ldoshevni bosh prokuror lavozimiga ma’qulladi.
“Nomzod masalasini joylardagi mahalliy kengashlar bilan ham muhokama qilib olganmiz. Hammalari: joylardagi senatorlar ham, mahalliy kengash deputatlar ham bundan keyin prokuratura tizimlari bilan hamkorlikda ishlab, xalqimiz farovonligi yo‘lida birgalikda ishlaymiz degan niyatdamiz”, — dedi senat raisi Tanzila Norboyeva.
Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yil 20 iyunda O‘zbekiston bosh prokurori etib tayinlangandi. Prokuratura to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, bosh prokuror vakolat muddati 5 yil. Bosh prokurorni lavozimiga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlari Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi.
Yalpi majlisda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini saylash, Sudyalar Oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi