Muvaffaqiyatga intilayotgan har qanday kishi, eng avvalo, o‘z omadsizligining sabablarini aniqlashi kerak. Aks holda kelgusidagi tuzoqlardan qutulish yo‘lini topishi qiyin kechadi. Men odamlarning bir-biriga munosabatlarini tahlil etar ekanman, tegishli xulosalar chiqardim...
Eng kamida 30 ta eng muvaffaqiyatsizlik sababi bo‘ladi. Ular orasida eng asosiysi esa boshqa odamlar bilan chiqishib ketish qobiliyatining yetishmasligidir.
O‘z davrida ulkan muvaffaqiyat qozongan biznesmenlardan biri menga shunday degan edi:
«Mas’uliyatli vazifaga mo‘ljallangan odam quyidagi besh ballik darajaga qarab tanlanishi kerak:
1. Odamlar bilan juda yaxshi chiqishib ketish qobiliyati borligi.
2. Unga kim xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, shunga muvofiq odob saqlab, ish tutishi.
3. Barcha sohalarga doir buyruqlarga bo‘ysunishi.
4. Har qanday vaziyatga sabr-toqatliligi.
5. Berilgan ishni yaxshi bajarish qobiliyati».
E’tibor bergan bo‘lsangiz, «Yaxshi ishlash qobiliyati» ko‘rsatkichi oxirgi o‘rinda turibdi. Sababi: berilgan ishni yaxshi bajargandan ko‘ra, yuqoridagi to‘rtta xususiyat yetishmasa-da, boshqalar bilan muomala qilishda u yoqimli ko‘rinadi.
Endryu Karnegi Charlz M.Shvabni oddiy xodimlikdan yiliga 75 ming dollar to‘lanadigan lavozimga qadar ko‘tardi – bu o‘sha zamonda juda katta muvaffaqiyat hisoblanar edi. Ammo faqat shugina emas, Shvab yiliga bir million dollar hajmidagi mukofot ham olardi. Karnegining so‘zlariga ko‘ra, maoshni Shvabga haqiqatda bajargan ishiga to‘lashar, mukofotga esa u boshqa xodimlarni ruhlantirgani uchun sazovor bo‘lar edi.
Sizning odamlarni ishga ruhlantirishingiz ─ bu hayot banki uchun to‘ldirilmagan chek bo‘lib, uni kimga xohlasangiz, to‘ldirib berishingiz mumkin. Agar sizda bunday qobiliyat yetishmasa, uni qo‘lga kiritish uchun bir necha qadam tashlashingiz mumkin. Mana, odamlar bilan muomalada rioya qilish lozim bo‘lgan bir necha qoida:
Sizdan sira kutmagan vaqtlarida odamlarga yaxshi so‘z ayting va foydali xizmat ko‘rsatish uchun vaqt toping.
Odamlar bilan gaplashayotganingizda, ovozingiz iliq va do‘stona ohangda bo‘lishiga harakat qiling.
Tinglovchilaringiz uchun qiziqarli mavzular to‘g‘risida gapiring. Ularga mumkin qadar kerakli narsalarni so‘zlang.
Suhbatdoshingizni dunyodagi eng qiziqarli shaxs deb hisoblang. Hech bo‘lmaganda, gaplashayotgan paytda shunday deb faraz qiling.
Suhbat davomida tez-tez jilmayib turing.
Har qanday sharoitda ham hech qachon Xudoga shak keltirmang. Nutqingizda odobdan tashqari iboralarni mutlaqo qo‘llamang.
Diniy e’tiqodingiz va siyosiy qarashlaringizni ko‘ngilda saqlang.
O‘zingiz yordam bermagan odamdan xizmat ko‘rsatishini hech qachon so‘ramang.
Boshqalarni yaxshilab tinglang, toki ular siz bilan xijolat bo‘lmay gaplasha olsin.
Yodingizda bo‘lsin, bir gramm nekbinlik-optimizm (kelajakka, hamma narsaga ishonch) bir tonna umidsizlikni bosib ketadi.
Har bir kuningizni shunday so‘zlar bilan yakunlang: «Men yangi xayru saxovatlar so‘ramayman, ammo aql-farosat so‘rayman, toki aql-donishlik bilan ixtiyorimdagi boyliklarga amru farmoyish berayin. Yo Parvardigori olam, mening yonimdagi odamlarga ko‘proq xizmat ko‘rsatishim, uni shu bugun ado etmagim uchun keng fe’l ato etgin».
(Napoleon Xill kitobidan)
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi