
AQShda 11 sentyabr kuni Powerball lotereyasida 487 million dollar o‘ynaldi va mukofot o‘z egasini topdi. G‘olibning shaxsi hozircha ma’lum emas, ammo u yutuqli chiptani 30 iyul kuni Nyu-Hempshir shtatidagi 10 ming kishi istiqomat qiladigan Reymond shahrida sotib olgan.
Bu tarixda yutuq miqdori jihatidan sakkizinchi jekpot bo‘ldi.
Yutuqning salkam 40 foizini davlatga soliq tarzida to‘lashga to‘g‘ri keladi va g‘olibga 330,6 mln dollar tegadi.
Ma’lumot uchun, Powerball AQShdagi 44 shtat, Vashington, Kolumbiya okrugi, Puerto-Riko va Virginiya orollarida o‘ynaladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar