Dilmurod Qosimov / Foto: Xalqaro press-klub
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida, 29 iyun kuni moliyaviy, yuridik, konsalting, IT va aloqa sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda so‘zga chiqqan IT sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkor Abduqahhor Toshmuhamedov yoz boshlanganidan beri har kuni tok o‘chishi haqida gapirdi.
“IT svet borligida boshlanadi, tugaganda tugaydi. Elektrosetlar bilan kelishuvlar jarima tomonga o‘tkazilsami… Sababi yoz boshlanganidan beri kuniga 3-4 soat tok o‘chadi. Tijoriy narxlarga o‘tildi, lekin hali ham ularning javobgarligi yo‘q. Har kuni bir vaqtda tok o‘chadi, bu tartibga solinishi kerak. Chet ellik hamkorlarimiz oldida (10 dan ziyod davlat bilan ishlaymiz) javobgarligimiz bor, svet o‘chib qolishida, internet o‘chib qolishida”, – dedi tadbirkor.
Tadbirkor Abduqahhor Toshmuhamedov
Uning bu taklifiga javoban biznes ombudsman Dilmurod Qosimov bu muammo faqat IT sohasida emas, balki barcha biznes sohalarida borligini aytdi.
“Bu bo‘yicha taklif ishlab chiqyapmiz, haqiqatan “elektroset” ogohlantirmasdan o‘chirsa, javobgarlik masalasi [borasida]. Lekin har kuni o‘chirilyapti, ba’zilarida nosozliklar bo‘lishi mumkin. Hech kim kafolat bermaydi. Lekin ogohlantirmasdan o‘chirsa yoki boshqa holatlarda ularning javobgarligi bo‘lishi kerak. Chunki sizlar tadbirkorsizlar, ishingiz to‘xtab qolishi mumkin. Javobgarlik masalasi bo‘yicha taklif ishlab chiqyapmiz”, – dedi biznes vakil. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi