Vazirlar Mahkamasining “Qurol muomalasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan:
- yuridik va jismoniy shaxslar uchun fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini olish, realizatsiya qilish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, qo‘rgazmaga qo‘yish, respublika hududiga olib kirish va olib chiqish, respublika hududi orqali tranzit qilishga doir ruxsatnomalar pasportlari;
- fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash pasporti tasdiqlanmoqda.
Shuningdek, qaror bilan tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obyektlar tomonidan videoyozuvlarni majburiy saqlash muddati 30 kundan 15 kunga qisqarmoqda. Bundan tashqari, endilikda tungi vaqt faoliyat yurituvchi obyektlar ro‘yxati mahalliy hokimiyatlarning saytlarida joylashtiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 2 iyuldan kuchga kirdi.
O‘zbekistonda “Qurol to‘g‘risidagi” qonun 2019 yil 29 iyulda prezident tomonidan imzolangan. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat faqat O‘zbekiston hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekistonda noqonuniy saqlangan qurollarni o‘z ixtiyori bilan IIVga topshirganlarga pul mukofoti beriladi.
2022 yilda “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, prokuratura organlari xodimlari xizmat quroli va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilangandi (ilgari faqatgina olib yurishi mumkinligi ko‘rsatilgan). “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi