21:55 / 04.07.2024
203

Muqaddam onasini yolg‘iz tashlab ketgan farzand kechirildi

Muqaddam onasini yolg‘iz tashlab ketgan farzand kechirildi
Farzand Turkiya davlatidan kelgach, onasiga alimentni to‘lashi lozimligini MIB xodimlari tushuntirishdi.

Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor N.M.dan undiruvchi bo‘lmish onasi M.A.ga foydasiga har oyda qat’iy 100 ming so‘mdan aliment undirish haqidagi ijro ishi kelib tushgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, muqaddam Turkiya davlatiga chiqib ketgan aliment to‘lovchi qizdan to‘lov hujjatlariga ko‘ra 8 mln. 300 ming so‘m aliment qarzdorligi to‘liq undirilgan.

Shuningdek, davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, ona mehri ustunlik qilib, onasini yolg‘iz tashlab ketgan qizini kechirdi va ular yarashib olishdi.

Shu bois, onaning murojaatiga ko‘ra, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning chetga chiqishiga solingan taqiq bekor qilinib, ijro ishi yurituvi tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Muqaddam onasini yolg‘iz tashlab ketgan farzand kechirildi