Toshkent xalqaro aeroporti kassalarida endilikda 15 ta aviakompaniya chiptalarini xarid qilish mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu paytgacha aeroportda faqat Uzbekistan Airways va Silk Avia aviachiptalarini xarid qilish mumkin bo‘lgan. Biletlar xalqaro aeroportning ikkinchi qavatida — jo‘nab ketish zalining VIP va CIP zallari yonida joylashgan, 24/7 ishlaydigan kassadan olinadi.
"Bular Uzbekistan Airways, Silk Avia, Centrum Air, Qanot Sharq, Air Samarkand, Turkish Airlines, Asiana Airlines, Lot Airlines, Belavia, Air Astana, Aeroflot, Ural Airlines, S7, Red Wings, Utair aviakompaniyalaridir", — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, kassada yo‘lovchilar Uzbekistan Airways, Silk Avia, Centrum Air'ning qo‘shimcha xizmatlari uchun haq to‘lashlari mumkin. Ya’ni aviachiptalarni xarid qilishdan tashqari, chiptalarni qayta bron qilish va qayta rasmiylashtirish, xizmat ko‘rsatish klassini ko‘tarish yoki tushirish, ortiqcha va maxsus bagaj, shu jumladan, o‘simlik va hayvonlarni tashish uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Shuningdek, bu yerda Fact Track va aeroportning yuqori qulaylikdagi CIP Lounge va Anor zallari xizmati uchun to‘lovni amalga oshirsa bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi