12:15 / 08.07.2024
172

Jizzaxda reyd tadbirlarida “O‘zsuvta’minot” xodimlari kaltaklandi

Jizzaxda reyd tadbirlarida “O‘zsuvta’minot” xodimlari kaltaklandi
Foto: Skrinshot
“Jizzax suv ta’minoti” AJ xodimlari reyd tadbirini o‘tkazish chog‘ida tadbirkor va uning qo‘l ostida ishlovchi ishchilari tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.

Aytilishicha, 6 iyul kuni Do‘stlik tumanida “Forish” xususiy choyxonasining ikkita filialida nazorat tadbiri o‘tkazilganda har ikkala holatda ham tadbirkor tomonidan suvdan nooqilona foydalanilayotgani aniqlangan.

Jumladan, choyxonaning birinchi filialida tadbirkor amaldagi qonunchilik talablarini mensimay, onlayn hisoblash uskunasini o‘rnatmasdan, kamiga nazorat hamda davlat standarti muhri o‘rnatmay, qonunga xilof ravishda ichimlik suvidan foydalanib kelgan. Bunday holat bo‘yicha tadbirkor avval ham ogohlantirilgan va aksiyadorlik jamiyatiga yetkazilgan zararni to‘lash xususida tegishli hujjat rasmiylashtirishda ikki xodimni urib, tan jarohati yetkazgan.

Ikkinchi holatda ham tadbirkor “Forish” choyxonasining ikkinchi filialida hisoblash uskunasiga nazorat tamg‘asini o‘rnatmasdan, suvdan nooqilona foydalanib kelgan.

Aniqlangan holat bo‘yicha yetkazilgan zararni hisoblash va dalolatnoma rasmiylashtirishda tadbirkor suv ta’minoti xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatib, janjal ko‘taradi. Bundan tashqari, choyxona hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan xodimlarni tadbirkor ishchilari bilan birga kaltaklaydi. Shu vaqt tashqarida turgan ishchi guruh a’zolari ham ommaviy tarzda do‘pposlangan.

Ayni paytda xodimlar shifoxonaga yotqizilgan, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda reyd tadbirlarida “O‘zsuvta’minot” xodimlari kaltaklandi