
Bugun, 8 iyul kuni, Andijon shahar O‘zbekiston ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. o‘zining «Cobalt» rusumli transport vositasida 10 yoshli qizchani urib yubordi.
Viloyat IIB bergan xabarga ko‘ra, haydovchi YTHda yo‘lning o‘ng tarafidan chap tarafiga kesib o‘tayotgan 2014 yilda tug‘ilgan X.S. tan jarohatlari bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar