
Foto: Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida noruda materiallarni noqonuniy qazib olgan shaxslar jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sirdaryo daryosining Guliston tumani muhofaza maydonida reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Tadbir davomida noqonuniy ravishda noruda foydali qazilma — qum-shag‘al mahsulotini ortish, tashish, sotish bilan shug‘ullanayotgan 5 nafar fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holatlar yuzasidan bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonunbuzarlarga nisbatan jami 20 mln 400 ming so‘m jarima qo‘llanildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar