Foto: Rambler/avto
Avtomobillarda konditsionerlar paydo bo‘lganidan buyon jaziramada yo‘lga chiqish mashaqqatlari ancha kamaydi. Ammo undan foydalanishning ham me’yorlari bor, ehtiyot bo‘lmasangiz, «konditsioner shamollashi»ga yo‘liqishingiz hech gapmas. Bu haqda «Za rulyom» («Rulda») jurnali avtoekspert Mixail Kolodochkin tavsiyalariga asoslanib yozmoqda.
Ekspertning aytishicha, issiqda konditsionerni ishlatib ketayotgan bo‘lsangiz, manzilga yetishdan avvalroq uni o‘chirib, salon haroratini ko‘taring. Ya’ni ko‘cha haroratidan farq 3-5 daraja bo‘lishi kerak. Mashina saloni va ko‘chadagi harorat o‘rtasidagi farq 10 daraja va undan yuqori bo‘lishi — organizm uchun stress. Ayniqsa, harorat o‘zgarishiga moslashishga ulgurmaydigan yurak va qon tomirlari uchun bu zararli, dedi u.
Oqibatda haydovchi (qolaversa, yo‘lovchilar)ning boshi og‘rishi, ko‘ngli aynishi va hushidan ketishi mumkin.
Umuman olganda, har safar sovitish tizimini ishga tushirishdan oldin, birinchi galda avtomobil salonini shamollatib olish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi