Talabga javob bermaydigan, bitiruvchilarining 5-10 foizigina ish bilan ta’minlangan davlat oliygohlari yopilishi mumkin. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bu asosan oliygohlarning viloyatlardagi filiallariga tegishli ekanini ma’lum qildi.
Hozir faqat xususiy emas, davlat OTMlari ham tekshiruvdan o‘tkazilyapti, ularning talabga javob bermaydigan 20 tasi yopilish arafasida turibdi, deb ma’lum qildi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Lolazor” loyihasidagi suhbat davomida.
“Iqtisodiyot universitetida ishlaganimda pedagogika yo‘nalishimiz talabga javob bermagani uchun yopilgan. Jahon iqtisodiyoti bilan bog‘liq bir yo‘nalishimiz ham yopilgan. Shuning uchun endi xususiylar bo‘lganda ham qaysidir yo‘nalishlari ham yopilishi mumkin, xuddi davlatnikidek. Davlat oliy ta’lim muassasalarida ayrim joylarda 2-3 smenada o‘qiyotganlar ham bor. Bu asosan pedagogika yo‘nalishida”, – dedi vazir.
Shu bilan birga, Sharipov talabga javob bermaydigan 20 ta universitet yopilish arafasida ekani, bunga bitiruvchilarining 5-10 foizigina ish bilan ta’limlangani sabab ekanini aytib o‘tgan.
“U universitetning o‘quvchilariga talab yo‘q. Nima qilamiz uni ushlab, shuncha bino, o‘qituvchiga xarajat bo‘lyapti. Masalan, texnika yo‘nalishida 6 million so‘m kontrakt to‘layapti, lekin kamida 20 million so‘m xarajati bor. Bu ko‘proq viloyatlardagi mayda-chuyda filiallarimizga bog‘liq”, – degan oliy ta’lim vaziri. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi