00:07 / 11.07.2024
849

Samarqandda bog‘ egasi olma o‘g‘irlayotgan bolalarning otasi tomonidan “samosud” qilindi

Samarqandda bog‘ egasi olma o‘g‘irlayotgan bolalarning otasi tomonidan “samosud” qilindi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Samarqand viloyati Narpay tumanida bog‘ egasi olma o‘g‘irlayotgan bolalarning otasi tomonidan “samosud” qilindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Oqoltin” mahallasida yashovchi fuqaro T.O‘. o‘ziga tegishli olma bog‘ida mevalarni o‘g‘irlayotgan voyaga yetmagan bolalarni ushlab olgan va ularni chaylasiga olib kelib, o‘g‘rilik qilgani uchun og‘zaki koyib, tanbeh bergan.

Shundan so‘ng bolalardan birining otasi boqqa kelib, T.O‘.ni urib tan jarohati yetkazgan, qo‘l va oyoqlarini arqon bilan bog‘lab “samosud” qilgan. Holat yuzasidan bog‘ egasi Narpay tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Bolalarning otasi ham IIBga ariza bilan murojaat qilib, arizasida qishloqdoshi T.O‘. ning olma bog‘idan meva o‘g‘irlagan voyaga yetmaganlarni haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazganini va arqon bilan bog‘lab qo‘yganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda bog‘ egasi olma o‘g‘irlayotgan bolalarning otasi tomonidan “samosud” qilindi