
Foto: “Toshkent—AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati
Xitoylik fuqaro Makedonskiy davriga oid tangani O‘zbekistondan yashirincha olib ketmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Toshkent—AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati.
Holat Toshkent xalqaro aeroportida 12 iyul kuni soat 01:05 larda sodir bo‘lgan. Chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent—Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi S.J.ga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Yo‘lovchining sumkasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jami 1 dona eramizdan avvalgi taxminan III asrda zarb qilingan Makedonskiy surati tushirilgan oq rangli metalldan yasalgan qadimiy tanga borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar