249
Peshku hokimi bog‘chadagi go‘shtni taroziga torttirdi: “150 bola ovqatiga 300 gramm go‘sht”
Foto: Videodan kadr
Buxoro viloyati Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov tumandagi 14-MTTni o‘rganish uchun borgani ask etgan video tarqaldi. Videoda hokim bog‘cha oshxonasiga kirib, pishirilayotgan ovqatlar ichidagi go‘shtni taroziga torttirib ko‘rgan. Go‘sht 300 gramm chiqqan. Ko‘rinishicha, bu 151 nafar tarbiyalanuvchi uchun tayyorlangan ikkinchi ovqatga solingan go‘sht.
“Mana bu 14 bog‘chada 168 nafar bola ro‘yxatda turadi. 151 nafar bolaga pishirilayotgan ikkinchi ovqat. Makaron kabobning ichidagi barcha go‘shtlar olindi. Olib taroziga tortilsa, 300 gramm go‘sht chiqdi. Mana, 300 gramm go‘sht solingan. Mana qahramonlarimiz, hamshira, oshpaz va bog‘cha mudirasi o‘rinbosari”, – degan hokim videoda.
Kun.uz Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Iroda Oripova bilan bog‘lanib, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot oldi. Unga ko‘ra, 10 iyul kuni tuman hokimi tomonidan ishchi guruh tuzilib, ijtimoiy obyektlar faoliyati o‘rganilgan. Jarayonda tumandagi 14-MTT faoliyati bilan tanishilgan. “Oshxonada birinchi ovqat ham pishirilayotgan bo‘lib, unga 5,85 kg go‘sht mahsuloti, ikkinchi ovqatga 300 gramm go‘sht solingani aniqlangan”, – dedi Oripova.
U shuningdek, umumiy hisoblaganda, bolalar ovqatiga belgilangan miqdordagi go‘sht qozonga solingani, faqat muzlagan holatda bo‘lgani uchun bittasiga ko‘p, ikkinchisiga kam solinganini aytdi. Shu bilan birga Oripova bog‘cha mudirasi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shaganini ham qo‘shimcha qildi.
Holat bo‘yicha tuman hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga bergan ma’lumoti biroz boshqacharoq. U birinchi ovqatga belgilangan normaga yaqin go‘sht solingani, ikkinchisida esa kam bo‘lganini ta’kidladi. “Bu bo‘yicha men mutaxassis emasman, lekin qozonga go‘sht tushgandan keyin bu darajada sezilarli kamaymaydi deb o‘ylayman”, – dedi hokimlik matbuot xizmati vakili.
Eslatib o‘tamiz, Senat ishchi guruhi Andijon viloyatidagi bog‘chalarning ovqatlantirish tizimini o‘rganib, muassasa oshxonalari ta’mirtalab ekani, jihozlar, idish-tovoqlar yetishmasligi, sifatsiz mahsulotlar olib kelingani haqida xabar qilingan edi.
Oldinroq, YUNISЕF va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ratsion ko‘rsatkichida O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi