Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda ayol ikki nafar qizini shafqatsizlarcha kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Kadrlarda ayol turmush o‘rtog‘i ularning holidan xabar olmayotgani va yetarlicha pul jo‘natmayotganidan jahl qilib, go‘dak yoshidagi qizlarini kaltak bilan savalagani aks etgan.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning ma’lum qilishicha, holat 9 iyul kuni Jondor tumanida yashovchi ayol I.M. tomonidan sodir etilgan. Uning turmush o‘rtog‘i N.B. bir necha yildan buyon xorijda ishlab kelayotgan bo‘lgan.
Eri oilasidan xabar olmayotgani, yetarlicha pul jo‘natmayotganidan jahli chiqib, ayol qizlari 4 yoshli O‘.S. va 3 yoshli O‘.S.ni urib, kaltaklab, videotasvirga olgan va eriga jo‘natgan.
Buxoro viloyati IIBga ko‘ra, hozirda voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Uning doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Bolalar ombudsmanining qayd etishicha, so‘nggi paytda ota-onalar tomonidan o‘zaro nizoda farzandidan manipulyatsiya quroli sifatida foydalanib, bolaga jismoniy va ruhiy zarar yetkazish hollari ko‘p kuzatilmoqda.
«Ota-onalik maqomi bolaga zo‘ravonlik qilish huquqini bermaydi. Bolaga nisbatan bunday harakatga yo‘l qo‘ygan shaxslar kim bo‘lishidan qat’iy nazar qonunan javob berishi shart», — deya ta’kidlaydi Surayyo Rahmonova. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi