14:50 / 16.07.2024
254

Da’vogar kelinlik uyiga kiritib qo‘yildi

Da’vogar kelinlik uyiga kiritib qo‘yildi
Bu dunyoda turfa insonlar, turfa taqdirlar bor. Bir umrga baxtli yashashni niyat qilib turmush qurgan juftlikning hayoti o‘zlari istaganday bo‘lmadi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, oiladagi kelishmovchiliklar oqibatida, kelin S.R. turmush o‘rtog‘i A.R.ning uyidan ketsa-da, boradigan joyi yo‘qligi tufayli sud orqali kelinlik uyiga kirmoqchi bo‘ldi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 17.02.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan S.R.ning da’vosi qanoatlantirilib, uni Kitob tumanida joylashgan, o‘zi kelin bo‘lib tushgan uyiga majburiy tartibda kiritib qo‘yish belgilandi.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Kitob tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorlar ogohlantirilgan.

Tabiiyki, S.R.ning turmush o‘rtog‘i A.R. hamda qaynonasi U.X. uning uyga kirishiga qarshilik ko‘rsatib kelgan. Ammo joriy yilning 8-iyul kuni olib borilgan ijro harakatlari natijasida da’vogar uyga kiritib qo‘yildi hamda ijro hujjati amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Da’vogar kelinlik uyiga kiritib qo‘yildi