19:00 / 17.07.2024
217

O‘zbekistonda mansabdorlar ko‘proq qanday jinoyat sodir etmoqda?

O‘zbekistonda mansabdorlar ko‘proq qanday jinoyat sodir etmoqda?
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mansabdor shaxslarning 2024 yilning birinchi yarmidagi jinoyatchiligi tahlilini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 6 oyda 2525 ta jinoyat ishi bo‘yicha 2389 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. 2023 yilning shu davrida esa 1804 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1778 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
2024 yilning yanvar—iyun oylarida jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 23 nafari respublika miqyosidagi xodimlar, 223 nafari viloyat miqyosidagi xodimlar, 2143 nafari tuman (shahar) miqyosidagi xodimlar bo‘lgan.

O‘tgan yilgi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, respublika miqyosidagi xodimlarning jinoiy javobgarlikka tortilishi holatlari ko‘paygan. 2023 yil birinchi yarmida shunday xodimlarning 14 nafari jazolangan.

Ularning qilmishi ortidan 2024 yil olti oyida 1 trillion 466 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan, shundan 83 foizi undirilgan (1 trillion 218 milliard so‘m).

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Javobgarlikka tortilgan mansabdorlar eng ko‘pi — 1467 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyatini sodir etgan. Undan keyingi o‘rinda pora oldi-berdisi, unda vositachilik qilish jinoyati — 158 nafar. Firibgarlik jinoyati esa uchinchi o‘rinda — 191 nafar.

104 nafari mansab vakolatini suiiste’mol qilgan, 30 nafari hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqan, 48 nafari mansab soxtakorligiga yo‘l qo‘ygan, 28 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qaragan. Qolgan 363 nafari esa boshqa jinoyatlarni sodir etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda mansabdorlar ko‘proq qanday jinoyat sodir etmoqda?