Jinoyat olamida “qonundagi o‘g‘ri — Baxti Tashkentskiy” maqomini olgan Baxtiyor Qudratullayevga sud hukmi o‘qildi.
Sud hukmi bilan Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
2023 yil 3 dekabr kuni esa huquq-tartibot idoralari xodimlari “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni qo‘lga olgandi. 53 yoshli Qudratullayev Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida ayblanayotgan edi:
- 104-modda 3-qism “g” bandi (uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish / 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 109-modda 2-qismi (sog‘liqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish / ba’zaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 138-modda 1-qismi (birovni zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish / BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 165-modda 3-qismi “a”, “v” bandlari (tovlamachilik / 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 168-modda 4-qismi “a” va “v” bandlari (firibgarlik / BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish / 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 228-modda 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanini bila turib, undan foydalanish / BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 242-modda 1-qismi (jinoiy uyushma tashkil etish, ya’ni jinoiy uyushma yoxud uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rahbarlik qilish, shuningdek, ularning mavjud bo‘lishi va ishlab turishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat / 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 243-modda (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish / 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 276-modda 2-qismi “a” va “b” bandlari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natish / 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi);
- 277-modda 2-qismi “b” va “v” bandlari (bezorilik / 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi).
Iyun boshlarida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirgandi. Uch nafar sudlanuvchi qisman, qolganlari esa ayblovlarga iqror emasligini ta’kidlagan. Shuningdek, u O‘zbekistonda “ko‘cha”ni nazorat qilishni unga davlat tashkiloti ishonib topshirganini aytgan edi.
10 iyul kungi sud majlisida prokuror 44 ta epizod bo‘yicha ayblanayotgan “Baxti Tashkentskiy”ga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash, shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (retsidiv jinoyat) 3-qismi “a” bandi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topishni hamda uning o‘g‘illariga nisbatan 11 va 12 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘ragan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi