Foto: MIB axborot xizmati
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida ota farzandini onasiga bermaslik uchun shkafga yashirib qo‘ydi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi hujjatga asosan qarzdor A.T.dan undiruvchi M.T.ga 2018 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan o‘g‘ilni onasi tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Marg‘ilon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga voyaga yetmagan bolani onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari yuborilgan bo‘lsa-da, qarzdor va uning oila a’zolari har xil bahonalar bilan farzandni onasiga berishdan bosh tortgan va bolani yashirib yurgan.
Davlat ijrochilarining harakatlari natijasida bola 17 iyul kuni tonggi soat 06:00 larda qarzdorning yashash xonadonida shkaf ichida yashiringan holatda topilib, shu zahoti onasiga olib berildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»