Qozog‘istonning Ostona shahrida 7-14 iyul kunlari o‘tkazilgan Xalqaro biologiya olimpiadasidan O‘zbekiston jamoasi chetlashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
Bunga Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisining o‘quvchiga yordam bergani sabab bo‘lgan. Oqibatda IBO boshqaruv kengashining qarori bilan butun jamoa natijalari bekor qilinib, o‘zbek delegatsiyasi olimpiadadan chetlashtirilgan (O‘zbekiston jamoasidan 4 nafar yigit-qiz ishtirok etayotgandi).
Voqea ortidan O‘zbekiston IBO‘ga a’zo davlatlar ro‘yxatidan ham chiqarib yuborilgan bo‘lishi mumkin. Boisi Xalqaro biologiya olimpiadasining rasmiy saytidagi a’zolar xaritasida O‘zbekiston nomi so‘roq ostida qoldirilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “keyingi yilda O‘zbekiston jamoasining olimpiadada ishtiroki masalasi hali aniq belgilanmagan” deya izoh berdi.
Ta’kidlanishicha, bu bo‘yicha aniq qaror 2025 yilgi olimpiadaga taklifnoma jo‘natish jarayonida ma’lum bo‘ladi.
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarimizning nufuzli xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik izohida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasida 1997 yildan beri qatnashib keladi. Bu yilgi olimpiadada 80dan ortiq mamlakatdan 320 nafardan ziyod o‘quvchilar qatnashishi ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»