20:33 / 20.07.2024
188

Haydovchilar necha marta tezlikni oshirganidan qat’i nazar “prava”si olinmaydigan bo‘ldi

Haydovchilar necha marta tezlikni oshirganidan qat’i nazar “prava”si olinmaydigan bo‘ldi
Foto: O‘zA
YPX xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari va maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi. Bu – Vazirlar Mahkamasining 17 iyul kungi qarorida ko‘zda tutilgan.

Nizomning avvalgi tahriridagi 31-bandga ko‘ra, ko‘chma fotoradar va mobil komplekslardan foydalanganda, YPX xodimi harakat tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini moslamaning ko‘rsatkichlari bilan tanishtirishi, uning talabi bilan moslamaning sertifikati (nusxasi)ni ko‘rsatishi lozim.

Kun.uz avvalroq yozganidek, ayni shu modda haydovchilarga ma’muriy bayonnoma ustidan sudga shikoyat qilib, jarimani bekor qilish uchun asos bo‘layotgan edi. Bunda, xalq tilida “uchoyoq” deb ataladigan yoki odatda YPXning “Neksiya-3” avtomobiliga o‘rnatiladigan mobil radarlar tezlik oshirilganini qayd etganida, nizomda ko‘rsatilgan talablar bajarilmagani – haydovchi radar qayd etgan tezlik va uning sertifikati bilan tanishtirilmagani uchun jarima qo‘llash haqidagi bayonnomaning qonuniyligi shubha ostida qolayotgandi. Bu masalada Oliy sudgacha borgan haydovchilardan biri yakunda ishni o‘z foydasiga hal qila olgandi.

Endilikda yuqoridagi nizomning 31-bandi o‘zgartirildi. Yangi tahrirga ko‘ra, ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha jarima belgilash tartibi statsionar foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklarni rasmiylashtirish tartibi bilan bir xil bo‘ladi.

Bu degani, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydi, jarima solish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda huquqbuzarning o‘zi qatnashmaydi.

Muhim jihati shundaki, bunda huquqbuzarlikning takroriyligi ham inobatga olinmaydi. Shu tariqa, tezlikni oshirganlik uchun takroriy sodir etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha oshirilgan jarimalar amalda hech qaysi holatda qo‘llanmaydigan bo‘ldi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-3-moddasiga ko‘ra, haydovchilar tezlik bilan bog‘liqni qoidabuzarlikni bir yil ichida 2 martadan 4 martagacha sodir etsa, haydovchilik guvohnomasidan 2 yil muddatgacha mahrum qilinishi belgilangan. Lekin bu oshirilgan jazo choralari statsionar radarlarga taalluqli emasligi belgilangan edi. Endilikda bu tartib mobil radarlarga nisbatan ham tatbiq etilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haydovchilar necha marta tezlikni oshirganidan qat’i nazar “prava”si olinmaydigan bo‘ldi