341
Farg‘onada harakatlanayotgan Damas'dan sakrab tushgan yo‘lovchini boshqa Damas bosib ketdi
Farg‘ona viloyatida yurib ketayotgan Damas'dan sakrab tushgan yo‘lovchini boshqa Damas bosib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 16 iyul kuni Farg‘ona shahar Qirguli mavzesi Shifokorlar ko‘chasida fuqaro N.K. boshqaruvidagi Damas'da yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakragan va qarama-qarshi tomonidan kelayotgan avtomobilning old qismiga kelib urilgan.
Natijada D.P. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay kasalxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi