
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bolani do‘kon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 20 iyul kuni bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, farzandi (2011 yilda tug‘ilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi do‘konda xarid qilganda QR chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat o‘rganilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar