#Qonimdagalaba chellenji Uznet'da katta shov-shuvga aylanib, minglab odamlarni bir g‘oya atrofida birlashtirdi. Chellenj doirasida turli soha vakillari tomonidan 2000 dan ortiq video tayyorlanib, ko‘rishlar soni umumiy 10 milliondan oshdi. Bir so‘z bilan aytganda, chellenj butun mamlakat bo‘ylab tarqaldi.
#Qonimdagalaba chellenji oddiy, ammo juda ta’sirli konsepsiyaga ega. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha doirasida ishtirokchilar futbol mavzusida o‘zlarining noyob mahoratlarini, iste’dodlarini namoyish qilishi yoki shunchaki hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan voqealarni tasvirga olib #qonimdagalaba heshtegi bilan Instagram tarmog‘iga joylashtirishi lozim edi.
Chellenj qisqa muddatda tarmoqlarda «virus»ga aylandi. Instagram foydalanuvchilari o‘z sahifalarida joylashtirilgan videolar tarmoqdagi tavsiya qilingan videolar qatoridan joy oldi. Ko‘plab mashhur videolar millionlab ko‘rishlar va minglab layklarni to‘pladi, bu esa chellenjning yanada keng tarqalishiga sabab bo‘ldi.
#Qonimdagalaba chellenji odamlarni birlashtiribgina qolmay, balki kuchli ijtimoiy harakatni ham yaratdi. O‘zbekistonning turli burchaklaridan va hatto undan tashqaridagi odamlar o‘z hikoyalari bilan o‘rtoqlashib, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashdi va birdamlik muhitini yaratishdi. Bu oddiy g‘oyalar ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, jamiyatga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini yana bir bor isbotladi.
Ushbu chellenj 24 iyulga qadar davom etadi va unda barcha ishtirok etishi mumkin. Batafsil ma’lumot qo‘yidagi havolada: https://t.me/uzbekistansclub/457 “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi