16:20 / 23.07.2024
29

Pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun 8,5 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin

Pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun 8,5 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin
Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov ma’lum qildi.

Tolibjon Madumarov
Foto: Senat axborot xizmati

Tolibjon Madumarovning aytishicha, bunday vositlar avvallari bayram arafasida ishlatilgani kuzatilgan bo‘lsa, endilikda tug‘ilgan kunlarda, to‘ylarda ishlatilish holatlariga duch kelinmoqda.

Amaldagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 185 prim 1-moddasi bo‘yicha (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan (1 million 7 million so‘m) yigirma baravarigacha (6 million 800 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Jazo kuchaytirilmoqda

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra:
  • pirotexnika buyumlari ishlatganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan (1 million 7 million so‘m) yigirma besh baravarigacha (8 million 500 ming so‘m) miqdorda;
  • pirotexnika buyumlari savdosi bilan shug‘ullangani uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan (5 million 100 ming so‘m) o‘ttiz baravarigacha (10 million 200 ming so‘m) miqdorida;
  • respublikaga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish — bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan (10 million 200 ming so‘m) ellik baravarigacha (17 million so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, shu vaqtga qadar pirotexnika buyumlari qonunga xilof ravishda foydalanilganlik holati bo‘yicha Milliy gvardiya xodimlari tomonidan chora ko‘rilgan bo‘lsa, endi pirotexnika muomalasi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlash ichki ishlar organlariga ya’ni profilaktika inspektorlariga berilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun 8,5 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin