16:32 / 24.07.2024
40

O‘zbekistonda psixologlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi qabul qilindi

O‘zbekistonda psixologlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi qabul qilindi
O‘zbekistonda “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 23 iyul kuni deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Ushbu hujjat 25 iyun kuni Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilingan edi. Qonun loyihasi bilan aholiga psixologik yordam ko‘rsatishning asosiy prinsiplari, vazifalari, turlari, shakllari, standartlari aniq belgilanmoqda.

Shuningdek, psixologik yordam ko‘rsatish sohasi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifalari, ta’lim tashkilotlarida psixologik yordam ko‘rsatish, ushbu sohada tadqiqot va ilmiy tajribalar o‘tkazish masalalari, psixologik yordam ko‘rsatishni rad etish yoki to‘xtatish asoslari nazarda tutilmoqda. Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi professional assotsiatsiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yaratilmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarda belgilangan cheklovlarga rioya etmagan holda psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlikni belgilovchi alohida modda bilan to‘ldirilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida qayd etilishicha, fuqarolar psixologni, psixologik yordam shakli, turi va shart-sharoitlarini mustaqil tanlash, o‘ziga ko‘rsatilgan psixologik yordam shakli, turi va boshqa ma’lumotlar to‘g‘risida hujjatdan ko‘chirma olish va psixogolik yordam ko‘rsatilishi natijasida ma’lum bo‘ladigan shaxsiy ma’lumotlarining sir saqlanishi va boshqa bir qator huquqlari qonun bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda. Bu endilikda psixologlarning mas’uliyati oshishi, ularning muntazam o‘z bilimlarini oshirib borishi, natijada fuqarolarga ko‘rsatilayotgan psixologik yordam sifati yaxshilanishiga zamin yaratadi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasining huquqiy poydevori yaratilishiga, fuqarolarning psixologik yordam olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga, aholini sifatsiz psixologik yordamdan himoya qilish, O‘zbekistonda xususiy amaliyot olib borayotgan psixologlar faoliyatini takomillashtirish, malakali psixologlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda psixologlar faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi qabul qilindi