16:52 / 25.07.2024
221

Qurilishdagi shaxsni MIBchilar nega bezovta qilishdi?

Qurilishdagi shaxsni MIBchilar nega bezovta qilishdi?
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan navbatdagi tadbir davomida farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan qarzdor qurilish bo‘layotgan xududdan topildi.

Byuroning Chortoq tuman bo‘limi tomonidan sud qarorida ko‘rsatilgan majburiyatni, ya’ni farzandi ta’minotidan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan va kuni kecha topilgan qarzdorlardan biri B.Musabayevdir. Go‘yoki “hech kim bilmaydi” qabilida ish tutib, pana-panalarda yurardi. Bu yoqda esa turmush o‘rtog‘i qaramog‘ida qolgan voyaga yetmagan farzandi ta’minoti, ular nima yeb, nima ichayotgani hayoliga ham kelmasdi.

Natijada, qarzdorlik salkam 37,4 mln. so‘mdan ortdi. Unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruvdagi shaxs Namangan shahridagi qurilish xududida yurgani ma’lum bo‘ldi. Qidiruv sho‘basi inspektorlarning tuzog‘iga ilingan ota endi hech qayerga keta olmadi. Qarzdor ushlanib, davlat ijrochisga topshirildi. Unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi. Sudning qaroriga asosan u endi 15 sutkalik qamoqni o‘tkazadigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurilishdagi shaxsni MIBchilar nega bezovta qilishdi?