
Kadr: Telegram
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 12 yashar bola hech kim yo‘q payt do‘konga kirgani uchun do‘kon egasidan kaltak yedi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi S.N. (ayol)dan murojaat kelib tushdi. Murojaatida ayol joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.A.ni xarid uchun savdo do‘koniga yuborganini, do‘kon egasi (erkak, 1976 yilda tug‘ilgan) O.G‘. “Nega hech kim yo‘q joyga kirding”, deb bolani boshiga bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazganini bildirgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Koson tumanidagi savdo do‘koni sotuvchisi O.G‘.ga voyaga yetmaganni urgani uchun MJtKning 52-qismi 2-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tumani sudiga yuborilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar