14:25 / 26.07.2024
69

Farzand ona tarbiyasiga olib berildi

Farzand ona tarbiyasiga olib berildi
Farzand oila mustahkamligini ta’minlovchi omillardan biridir. Oilada ulg‘ayadigan bolaning qanday inson bo‘lib shakllanishi birinchi navbatda ota-onaga bog‘liq. Afsuski, so‘ngi vaqtlarda bo‘layotgan oilaviy ajralishlar farzandlar taqdiri hamda ularning kelgusida ota yoki ona bilan qolishlari, ta’minoti kabi og‘riqli savollarni kun tartibiga chiqarib qo‘yayotganligi hech kimga sir emas.

Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarning to‘g‘ri hal etilishi ota-onalarning va bolalar huquqlarining muhofazasini, ota-onalarning bolalarini tarbiyalashdagi mas’uliyati oshirilishini ta’minlashga imkoniyat tug‘diradi, ota-onalarning bolalar manfaatlariga zid bo‘lgan huquqlaridan foydalanishlariga barham beradi.

D.O oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i B.Z.ning uyidan chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Biroq, farzandini olib ketolmagach, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudiga murojaat qilgan va sud bolani ona parvarishiga muhtojligini inobatga olib, da’voni qanoatlantirgan.

Byuroning Navbahor tumani bo‘limi tomonidan mazkur sudning qarzdor B.Z.dan, 2015 yilda tug‘ilgan o‘g‘lini onasi D.O tarbiyasiga olib berish to‘g‘risida ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Qarzdorga bolani onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan bo‘lsada, qarzdor farzandini onasiga topshirishdan bosh tortgan.

Majburiy ijro harakatlari natijasida xolislar ishtirokida voyaga yetmagan bola onasi D.O tarbiyasiga olib berilib, ijro ishi amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzand ona tarbiyasiga olib berildi