174
Farg‘onalik ayol erining birinchi turmushidan bolalariga beriladigan alimentni oldindan to‘lab qo‘ydi
Foto: MIB axborot xizmati
Farg‘ona shahrida ayol erining birinchi turmushidan bolalariga berishi kerak bo‘lgan alimentni oldindan to‘lab qo‘ydi, deb xabar bermoqda MIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi K.M. va X.B.larning turmushi buzilgan, bir o‘g‘il va bir qiz onasi tarbiyasida qolgan. Ota 2023 yildan buyon aliment to‘lovlarini qoldirmasdan to‘lab kelgan. Biroq hozirda birga yashab turgan rafiqasi, erini sobiq xotinidan qizg‘anib, alimentni oldindan to‘lash uchun davlat ijrochisiga murojaat etdi. U aliment pullarini farzandlari voyaga yetgunga qadar oldindan to‘lab berishini aytdi.
Aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i to‘liq olgandan so‘ng hujjatlar rasmiylashtirilib, ijro hujjati taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan qonunning tegishli moddasi bilan tamomlandi. Otaning hozirgi rafiqasi sobiq turmush o‘rtog‘iga “boshqa bezovta” qilmasligini so‘ragani qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi