Foto: “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati
O‘zbekistonda so‘nggi bir oyda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida davlat manfaatlariga 234 milliard 778 million so‘mlik zarar yetkazildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, iyul oyida “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 801 ta holatda iste’molchilarning energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Bunda 115,2 milliard so‘mlik elektr energiyasi (169 million 492 ming kilovatt/soat) va 119,5 milliard so‘mlik tabiiy gaz (53 million 552 ming metr kub) talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga jami 234 milliard 778 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 304 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan. Xususan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlarning 412 tasi elektr energiyasi, 63 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Aprel boshlarida Surxondaryo viloyatining Denov, Qashqadaryo viloyatining Muborak hamda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgan, Andijonda 1,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi