11:48 / 05.08.2024
56

Fransiya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni amalga oshirishni boshladi

Fransiya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni amalga oshirishni boshladi
Foto: Uzbekistan Airports
Fransiyaning CMA CGM Air Cargo transport-logistika aviakompaniyasi 5 avgust kuni Chjenchjou—Navoiy—Parij yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot mahalliy vaqt bilan soat 06:27 da Navoiyga qo‘ngan. An’anaga ko‘ra, yuk tashuvchi samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olingan.

Chjenchjoudan Parijga muntazam reyslar Navoiyda texnik to‘xtash bilan haftasiga besh marta Airbus A350 yuk tashuvchi samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

CMA CGM Air Cargo shtab-kvartirasi Parijda joylashgan yirik fransuz yuk aviakompaniyasi, 2021 yilda CMA CGM transport guruhining aviatsiya sho‘basi sifatida yaratilgan.

Fevral oxirlarida “O‘zaviatsiya” agentligi Qirg‘izistonning Tez Jert aviakompaniyasiga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berilganini e’lon qilgandi. Aprel oyida esa Qirg‘iziston O‘shdan O‘zbekiston shaharlariga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkinligi aytilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fransiya aviakompaniyasi Navoiyga parvozlarni amalga oshirishni boshladi