23:20 / 06.08.2024
145

Samarqanddagi qurilishlarda sifatsiz plitalar ishlatilgani aniqlandi

Samarqanddagi qurilishlarda sifatsiz plitalar ishlatilgani aniqlandi
Samarqanddagi qurilishlarda sifat guvohnomasi bo‘lmagan plitalar ishlatilgani aniqlandi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xabar berdi.

Ko‘p xonadonli uy-joylarni barpo etishda sifatli va talab darajasidagi qurilish materiallari (beton, plita, g‘isht, armatura va boshqalar) ishlatilishini tahlil qilish maqsadida Samarqand shahridagi qurilish obyektlarida inspeksiya hamda tegishli tashkilotlar ishtirokida tahlillar olib borilgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, qurilish uchun ishlatilgan materiallar muvofiqlik sertifikatisiz, sifat guvohnomalarini rasmiylashtirmagan holda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilmoqda.

Jumladan, «Sog‘da qurilish» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan PB 42.5x12, 42.5x10 markali, «SAM VP» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan PK 3.3 x12 markali yopma plitalarga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmasdan realizatsiya qilingan.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish olib borildi va korxonalarga ogohlantirish xati yuborildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqanddagi qurilishlarda sifatsiz plitalar ishlatilgani aniqlandi