Buzilmas do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlash — qozoq va o‘zbek xalqining umumiy maqsadi, dedi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Oqo‘rdada bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston-O‘zbekiston Oliy davlatlararo kengashi birinchi yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan Kazinform iqtibos keltirdi.
«Hozirgina muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan kichik tarkibda muzokaralar o‘tkazdik. Biz bir qator muhim masalalarni muhokama qildik. Bu muzokaralar ochiqlik va o‘zaro yordam ruhida o‘tdi. O‘zaro munosabatlarimizni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanimizni yana bir bor tasdiqladik. Maqsad va vazifalarimizni belgilab oldik», dedi To‘qayev.
Qozog‘iston rahbari ikki davlatning umumiy maqsadi asrlar davomida o‘rnatilgan buzilmas do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish ekanini ta’kidladi.
«Kengashning bugungi yig‘ilishi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun juda muhim. Qarorlar ham strategik ahamiyatga ega. Oliy davlatlararo kengash faoliyati Qozog‘iston-O‘zbekiston munosabatlari rivojiga yangi sur’at bag‘ishlaydi, deb o‘ylayman», dedi To‘qayev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi